Jamiyat | 11:41 / 24.10.2025
2713
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” g‘oliblarini tabrikladi

Bu yilgi musobaqada 2210 nafar shaxmatchi qatnashdi. Ulardan 286 nafari – ayol-qizlar. “Men ayniqsa qizlarimizning g‘alabalaridan benihoya xursandman”, – dedi administratsiya rahbari o‘z tabrigida.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” shaxmat musobaqasi g‘oliblarini tabrikladi.

Bu yilgi to‘rtinchi turnirda 2210 nafar shaxmatchi ishtirok etdi, shundan 286 nafari – ayol-qizlar.

“Biz g‘oyalarimizga ishonchsizlik bildirilgan davrdan to xalqaro e’tirofga erishish va shaxmatchilarimiz bilan faxrlanishgacha bo‘lgan yo‘lni birgalikda bosib o‘tdik.

Men ayniqsa qizlarimizning g‘alabalaridan benihoya xursandman, shu o‘rinda barcha qatnashchilarga omad, eng asosiysi, o‘zlariga ishonishlarini tilab qolaman!” – deya yozdi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid