Ibrat: farg‘onalik haydovchi talabalarni bepul yetkazib qo‘yish taklifi bilan chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda farg‘onalik Muzaffar ismli haydovchining ayni kunlarda yo‘lkiralar oshishidan qiynalib qolgan talabalarni uylariga bepul yetkazib qo‘yish taklifini bildirgani tarqaldi. Biz bu yigit bilan bog‘landik.
– O‘zim savdogarman, Bag‘dod tumanida yashayman. Talabalarimiz uylariga yetib olishga qiynalganlarini eshitib, haydovchilar guruhiga shu taklifni tashlagandim. Sizlar ham xabar topibsizlar – deya so‘z boshladi u.
– Nega suratingiz va ism-sharifingizni to‘liq oshkor qilishimizni xohlamadingiz?
– Aka, savobli ishning ham yo‘l-yo‘rig‘i bor. O‘zi oshkor qilmaganimiz ham ma'qul edi, keladiganlar guruh orqali o‘zlari topib olishyapti. Bu ham bir-ikki kunda o‘tadigan sinovda...
– Bu tashabbusingiz imkoni bor haydovchilarga o‘rnak bo‘lishini istagandik. Taklifingiz necha kun o‘z kuchida bo‘ladi?
– Istovchilar bo‘lishiga va o‘zimning vaqtimga qarab qatnayveraman.
– G‘oya qanday tug‘ildi?
– Bu narsa yangilik emas. Bilasizmi, tagimizdagi mashina ham omonat. Uni savobli ishlarga ishlatish o‘zimizga bog‘liq.
– Savobli ishlaringizning ajrini bersin.
Suhbatimiz yakunida yurtdoshlarimiz orasida shunday tashabbuskor yigitlar ko‘payishini, yo‘lovchilar ko‘paygan mana shunday sinov kunlarida haydovchilarimizdan narx borasida insofni unutmasliklarini so‘rab qolamiz
Abror Zohidov.
Mavzuga oid
19:57 / 28.08.2024
Toshkent dunyoda taksi narxi arzon bo‘lgan shaharlar qatoriga kiritildi
07:46 / 18.08.2024
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar bo‘yicha statistika ochiqlandi
20:45 / 09.08.2024
Rossiyaning yana bir hududida migrantlarga taksida ishlash taqiqlandi
20:08 / 05.05.2024