– Özim savdogarman, Bağdod tumanida yaşayman. Talabalarimiz uylariga yetib olişga qiynalganlarini eşitib, haydovçilar guruhiga şu taklifni taşlagandim. Sizlar ham xabar topibsizlar – deya söz boşladi u.

– Nega suratingiz va ism-şarifingizni töliq oşkor qilişimizni xohlamadingiz?

– Aka, savobli işning ham yöl-yöriği bor. Özi oşkor qilmaganimiz ham ma'qul edi, keladiganlar guruh orqali özlari topib olişyapti. Bu ham bir-ikki kunda ötadigan sinovda...

– Bu taşabbusingiz imkoni bor haydovçilarga örnak bölişini istagandik. Taklifingiz neça kun öz kuçida böladi?

– Istovçilar bölişiga va özimning vaqtimga qarab qatnayveraman.

– Ğoya qanday tuğildi?

– Bu narsa yangilik emas. Bilasizmi, tagimizdagi maşina ham omonat. Uni savobli işlarga işlatiş özimizga boğliq.

– Savobli işlaringizning ajrini bersin.

 Suhbatimiz yakunida yurtdoşlarimiz orasida şunday taşabbuskor yigitlar köpayişini, yölovçilar köpaygan mana şunday sinov kunlarida haydovçilarimizdan narx borasida insofni unutmasliklarini sörab qolamiz

 Abror Zohidov.