Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xavfsizlik xizmati qanday huquqlarga ega bo‘ladi?
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar «Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini yoqlab ovoz berdi. Endilikda qonun hujjati O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan imzolanishi kutilmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, DXX davlat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda bir qancha huquqlarga ega. Xususan, mansabdor shaxslar va fuqarolarning hujjatlarini, shu jumladan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, ularni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish, ashyolarini, transport vositalarini hamda tashilayotgan yuklarni ko‘zdan kechirishi shunday huquqlar sirasiga kiradi.
Bundan tashqari, DXX mansabdor shaxslar va fuqarolardan tezkor-qidiruv, qidiruv hamda boshqa tadbirlar, tergovga qadar tekshirishlar va tergov harakatlari o‘tkaziladigan joylarni tark etishni talab qilish huquqiga ega. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga va boshqa obektlarga to‘sqinliklarsiz kirish, zarurat bo‘lganda qulflash moslamalari va boshqa ashyolarni buzgan holda kirishi mumkin. DXXda bu joylarni jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslar ta'qib qilinayotganda yoxud u yerda jinoyat sodir etilyapti yoki sodir etilgan yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yashiringan shaxs bor deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lganda (yoxud kechiktirish fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostida qoldiradigan bo‘lsa) 24 soat ichida prokurorga bu haqda xabar bergan holda, shuningdek yetkazilgan zararning o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplagan holda ko‘zdan kechirish huquqi ham mavjud.
DXX raisi davlat xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi majlisini taklifi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etishga haqli.
Davlat xavfsizlik xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
09:19 / 14.02.2026
Andijonda 1 mln dollarlik “mefedron” narkolaboratoriyasi fosh etildi
09:20 / 05.12.2025
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
19:56 / 15.10.2024
Qadimiy oltin tangalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
21:24 / 26.05.2023