DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi, Çegara qöşinlari va viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari Kosonsoy tumanida ötkazgan tezkor tadbir çoğida qimmatbaho metall kontrabandasi bilan şuğullangan şaxslarning harakatlariga çek qöydi.

Tezkor ma’lumotga köra, Kosonsoy tumanida yaşovçi, 1996 yilda tuğilgan fuqaro toğasi – 1988 yilda tuğilgan şaxsning körsatmasiga asosan davlat çegarasini noqonuniy tarzda kesib ötgan. U qöşni Qirğizistondan Özbekiston hududiga taxminiy qiymati 1,1 milliard söm bölgan, umumiy oğirligi 1 kilogramm 168 grammni taşkil etuvçi oltin quymasi parçalarini olib kirgani aniqlangan.

Hamkorlikdagi tadbir davomida u uşbu oltinlarni Kosonsoy tumanida yaşovçi boşqa bir qarindoşiga yetkazib bergan vaqtida jinoyat ustida qölga olindi.

Ma’lumotlarga köra, mazkur harakatlar yuzasidan uşbu şaxslarga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari (kontrabanda) va 223-moddasi 2-qismi “b” bandi (çegarani noqonuniy kesib ötiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.