Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent va Andijon viloyatlari böyiça boşqarmalari hamda Toşkent viloyati Bojxona boşqarmasi xodimlari hamkorligida narkolaboratoriyalarni aniqlaş va faoliyatiga çek qöyiş böyiça kompleks tadbirlar ötkazildi.
Xususan, “Telegram” messenjeridagi narkodökon kuratorlari tomonidan belgilangan joylarga qoldirib ketilgan, sintetik giyohvandlik moddalarini tayyorlaşda foydalaniladigan katta miqdordagi prekursorlar aniqlanib, operativ kuzatuvga olindi.
Tezkor tadbir davomida uşbu prekursorlarni oliş uçun kelgan vaqtida Andijon şahrida yaşovçi, 2002 yilda tuğilgan ikki nafar fuqaro qölga olindi. Tekşiruvlar jarayonida ular tomonidan Andijon şahrining “Boğişamol” mahallasida narkolaboratoriya taşkil qilingani ma’lum böldi.
Natijada mazkur manzildan qora bozordagi umumiy taxminiy narxi 1 million AQŞ dollariga teng bölgan 26 kg “Mefedron” sintetik narkotik moddasi, şuningdek, giyohvandlik vositalari tayyorlaşda foydalaniladigan prekursorlar va kimyoviy moddalar, laboratoriya jihozlari, 10–20 litr hajmli yelim idişlar, konteynerlar, respiratorlar, rezina qölqoplar va boşqa zarur anjomlar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Qayd etilişiça, qonunbuzarlardan biri mazkur dala hovlini internet narkodökondagi kuratori tomonidan yuborilgan 15,8 ming AQŞ dollari evaziga öz nomiga sotib olgan, laboratoriyani jihozlaş uçun esa 5 ming AQŞ dollari sarflagan. Şuningdek, u joriy yilning yanvar oyida 11,7 kg “Mefedron” tayyorlab, kurator körsatmasiga köra uni xufiyona joyga joylaştirgani va lokatsiyasini “xöjayini”ga yuborgani aniqlangan.
Bundan taşqari, mazkur şaxslar tomonidan Çirçiq şahrida ijaraga olingan omborga 400 litr prekursorlar yaşirib qöyilgani ham ma’lum bölib, ular ham protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Hozirda ularga nisbatan DXX Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.












