Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hayot uchun haqiqiy kurash: zilziladan 9 kun o‘tib tirik topilganlar
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish, vayronalar orasida qolib ketganlarni qutqarish maqsadida Turkiyaga kelgan bir qancha davlat qutqaruvchilari yurtlariga qaytib ketishdi. Biroq qolgan davlatlar va mahalliy qutqaruvchilar bir lahza bo‘lsin harakatdan to‘xtashgani yo‘q. Ularning urinishlari zoye ketmayapti, hamon vayronalar orasidan omon qolganlar aniqlanmoqda.
209 soatdan so‘ng...
Hatay viloyatining ma’muriy markazi Antakya shahrida zilziladan 209 soat o‘tib er-xotin Fayoz va Fotima qutqarildi. Qutqaruvchilar vayronalar orasidan kelayotgan shovqin orqali operatsiyani boshlashadi. Qutqaruv operatsiyasida ishtirok etgan Rajab Yayla vayronalar orasidan tirik topilayotgan har bir jon ulardagi charchoqni tarqatib yuborayotganini aytgan.
“Ayol tashqariga chiqarishimizdan oldin uni o‘rab qo‘yishimizni so‘radi. Biz uning boshiga ro‘mol yopdik va er-xotinni 7 metr tunnel orqali yuqoriga olib chiqdik”, deya hikoya qiladi Rajab Yayla.
212 soatdan so‘ng...
Adiyamandagi turar joy majmuasi vayronalaridan 77 yoshdagi Fotima Gyung‘or ismli ayol qutqarilgan. U 7 qavatli binoda yashagani aytilmoqda.
222 soatdan so‘ng...
Qahramonmarashdagi O‘zdemirlar turar joy majmuasida yashagan Malika Imomo‘g‘li 222 soatlik hayot uchun kurashdan so‘ng omon qoldi. U Bursadan kelgan qutqaruvchilar tomonidan qutqarilgan. Xabarlarga ko‘ra, dastlab tez yordam mashinasida shifoxonaga yetkazilgan ayol so‘ngra vertolyotda Adana shahridagi shifoxonaga yetkazilgan.
227 soatdan so‘ng...
Qahramonmarash shahrining Pinarboshi mahallasida qulagan 6 qavatli bino vayronalari orasidan 74 yashar Jamila Kekech omon chiqdi. Ayol shu zahoti shifoxonaga yetkazilgan.
228 soatdan so‘ng...
Antakyada birdaniga uch kishi – ona va uning ikki farzandi zilziladan 228 soat o‘tib vayronalar orasidan olib chiqildi. Qutqaruvchilar bolalarning bir qiz va bir o‘g‘il ekanini, ona-bolalarning salomatligi qoniqarliligini bildirishgan.
Ayolning ismi Ela ekani va u xorijiy davlat fuqarosi ekani aytilmoqda. U qutqaruvchilarning savollariga javob qaytargan, birinchi bo‘lib suv so‘ragan, biroq qutqaruvchilar tibbiyot xodimlarining ruxsatisiz unga suv berishmagan. Qutqarilgan shaxslarga doir boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.
Mavzuga oid
10:51 / 14.01.2026
Turk farmkompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha muzokara boshladi
02:08 / 12.01.2026
Oilada kamida uch nafar farzand bo‘lishi kerak – Erdo‘g‘an
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
20:24 / 05.01.2026