Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston, Pokiston va Suriyada jang qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, xalqaro terroristik tashkilotlarga aloqadorligi uchun 25 yildan ortiq vaqt davomida qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi joriy yil noyabr oyida xorijda qo‘lga olinib, yurtga olib kelindi.
Foto: DXX
Diniy ekstremistik oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, “hijrat” va “jihod” qilishni maqsad qilgan ushbu shaxs 1999 yilda O‘zbekistondan chiqib ketgan hamda Afg‘oniston, Pokiston va Suriya davlatlari hududlaridagi xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda ishtirok etgan.
O‘zganing nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar asosida yashirinib yurgan mazkur shaxs MDHga a’zo davlatlardan birida qo‘lga olingan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 154- (yollanish), 155- (terrorizm), 159- (O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va boshqa moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlanishicha, qonun ustuvor bo‘lgan mamlakatda har bir sodir etilgan jinoyat uchun jazoning muqarrarligi ta’minlanadi.
Mavzuga oid
12:29 / 26.03.2026
Noqonuniy tilla savdosi: tezkor tadbirlarda yirik holatlar aniqlandi
09:00 / 26.03.2026
Amudaryoda qayiqda suzib o‘tgan narkokurer 10 kg gashish bilan ushlandi
11:59 / 25.03.2026
Toshkentda 800 mln so‘mlik noqonuniy dorilar ushlandi
08:25 / 18.03.2026