Ma’lum qilinişiça, Farğona şahrida yaşovçi, 1987 yilda tuğilgan fuqaro poytaxtda töxtatilib, uning qöl yuklari belgilangan tartibda közdan keçirilgan.

Tekşiruv jarayonida Özbekiston hududiga olib kirilişi taqiqlangan 19 turdagi jami 6 597 dona dori vositalari borligi aniqlangan. Ularning umumiy qiymati taxminan 763 mln sömni taşkil etadi.

Dastlabki suriştiruvlarda mazkur şaxs uşbu dori vositalarini Hindistondan olib kelib, özining tanişi bilan birgalikda sotişni rejalaştirgani ma’lum böldi.

Şuningdek, uning tanişining xonadonida ötkazilgan tekşiruvda qöşimça ravişda taxminan 48 mln sömlik 107 dona dori vositalari borligi aniqlangan.

Hozirda uşbu holat yuzasidan aşyoviy dalil sifatida olingan dori vositalari ekspertizaga yuborilib, suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Mutasaddilar fuqarolarni dori vositalarini faqat rasmiy dorixonalardan xarid qilişga, ularning kelib çiqişi va sifatiga e’tibor qaratişga çaqirmoqda.