Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
U qariyb bir yildan buyon jarohat tufayli ringga chiqa olmayotgandi.
Foto: Cris Esqueda/Matchroom Boxing
24 yanvar kuni Amerikaning Las-Vegas shahridagi Fontainebleau arenasida Matchroom Boxing kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomida tashkil etildi. Unda o‘zbekistonlik bokschi, yarim o‘rta vazndagi sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov dominikanlik Luis David Salasarga qarshi ringga ko‘tarildi.
Madrimov butun jang davomida tashabbusga egalik qildi, oldindan ikkinchi raqam ostida harakat qilishga rozi bo‘lgan Salazar esa himoyalandi. So‘nggi raundda Isroil raqibini nokaut qilishi ham mumkin edi, ammo Salazar seriyali zarbalarga turib berdi.
Madrimov had Salazar HURT in the final round! 🤯#MuratallaCruz | Live NOW on DAZN ▪️ pic.twitter.com/jzI6f4KllK
— DAZN Boxing (@DAZNBoxing) January 25, 2026
Shu tariqa, 10 raundlik jang to‘liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan (99-91, 99-91, 99-91) Isroil Madrimov g‘alaba qozondi.
Qayd etish kerakki, o‘zbekistonlik bokschi qariyb bir yildan buyon ringga chiqmagandi. U yelkasidan operatsiya qilingan, faqat besh hafta oldin mashg‘ulotlarni boshlagandi.
Madrimov so‘nggi bor 2025 yilning 23 fevral kuni Saudiya Arabistonida WBC Interim chempionlik kamari uchun amerikalik Verjil Ortisga qarshi ringga ko‘tarilgan va hakamlar qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy bergan edi.
U bugungi jangdan keyin muxlislar uchun o‘z uslubida salto ijro etib berdi.
«Barchangizni yaxshi ko‘raman, siz uchun jang qilaman. Madrimov qaytdi!», deya murojaat qildi u o‘z muxlislariga.
Mavzuga oid
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
20:13 / 29.12.2025
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi
23:11 / 13.12.2025