Sport | 00:24
795
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

To‘rt nafar vakilimiz kumush, 6 nafari esa bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy "Stranja" turniri yakunlandi.

Musobaqaning final bahslarida o‘zbekistonlik 11 nafar bokschi ringga chiqdi.

Yakunda 7 nafar bokschimiz g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. To‘rt nafar vakilimiz musobaqani kumush, 6 nafari esa bronza medallari bilan yakunladi.

O‘zbekistonlik bokschilarning finaldagi natijalari:

-48 kg: Sabina Boboqulova - Anna Oxota (Ukraina) 5:0

-57 kg: Nigina O‘ktamova - Mixayela Valsh (Irlandiya) 3:2

-65 kg: Navbahor Hamidova - Laura Yessenkeldi (Qozog‘iston) 5:0

-75 kg: Aziza Zokirova - Emma Suye Greyentreye (Avstraliya) 5:0

+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva - Valeriya Axenova (Qozog‘iston) 0:5

-51 kg: Feruza Kazakova - Zlatislava Chukanova (Bolgariya) - Kazakova jarohat sabab ringga chiqmadi

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Rami Kivan (Bolgariya) - 5:0

-80 kg: Javohir Ummataliyev - Pavlo Illiusha (Ukraina) 2:3

-85 kg: Akmaljon Isroilov - Matvii Rajba (Ukraina) 5:0

-90 kg: To‘rabek Xabibullayev - Bogdan Tolmachov (Ukraina) 5:0

+90 kg: Ozodbek Aliyev - Damar Tomas (Angliya) 0:5.

Дилшодбек Асқаров
Muallif Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid