22 fevralga ötar keçasi özbekistonlik 29 yoşli boksçi Bektemir Meliqöziyev (16-1-0, 10 KO) ganalik 34 yoşli Sena Agbekoga (29-4-0, 23 KO) qarşi ringga kötarildi. AQŞning Las Vegas şahridagi professional boks oqşomi doirasidagi uşbu jang yettinçi raundda texnik nokaut bilan yakunlandi.
Meliqöziyev ilk daqiqalardan taşabbusni qölga oldi. U maydon markazini nazorat qildi va çap qölida muntazam ravişda zarbalar yölladi. Agbeko bittalik kuçli zarbalar bilan javob qaytarişga urindi, ammo unga tezlik va aniqlik yetişmadi.
Jang örtalariga kelib ringda özbekistonlik boksçining ustunligi yaqqol közga taşlana boşladi. Meliqöziyev korpus qismiga tinimsiz zarbalar yöllaş orqali raqibni holdan toydirdi va bosimni oşirdi.
Hal qiluvçi palla yettinçi raundga töğri keldi. Meliqöziyev çap qölda aniq zarba yöllab, ganalik boksçini polga qulatdi. Referi esa texnik nokaut qayd etdi.
Bu orqali u WBA Continental Americas kamarini himoya qildi.
Şuningdek, u WBA veb-saytida çempionlikka rasmiy da’vogar sifatida körsatilgan. Öyindan keyingi intervyusida Meliqöziyev ikkinçi örta vazn toifasida WBA çempioni Xose Armando Resendis çempionlik kamarini himoya qilişini, WBA esa unga uşbu jang ğolibiga qarşi çempionlik jangi va’da qilganini aytdi.
Ma’lumot uçun, ayni paytda Bektemirning hisobida prof boksda 18 ta jang mavjud. Şundan 17 tasida (11 tasi muddatidan avval) ğalaba qozongan bölsa, bir bor mağlubiyatga uçragan.













