Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimligi O‘rikzor bozori yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Poytaxt hokimligi O‘rikzor bozorining tugatilishi, buzilishi, rekonstruksiya qilinishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Toshkent shahar hokimligi Uchtepa tumanidagi O‘rikzor savdo majmuasida qurilish boshlanishi yoki qayta qurish ishlari munosabati bilan yopilishi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.
«Majmua hududidagi barcha obektlar belgilangan ish tartibida (haftasiga 7 kun, dam olish kunlarisiz) faoliyatini davom ettirmoqda», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, poytaxt hokimligi bozorning tugatilishi, buzilishi, rekonstruksiya qilinishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Avvalroq Uchtepa tumanidagi «Stroy gorod» qurilish bozori yong‘inga qarshi kamchiliklar va qonunbuzilishlar sabab sud qarori bilan vaqtincha yopilgandi. FVV tegishli kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng bozor faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026
12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
18:27 / 10.01.2026
Toshkentda kattalar uchun hospis ochiladi
13:53 / 10.01.2026