Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda YPX xodimi shaxsiy mashinada qarama-qarshi harakatlanib YTH sodir etdi. Hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda
Foto: Fotolia
Sirdaryo viloyatida YPX xodimi harakatlanish bir tomonlama bo‘lgan yo‘lda jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan «Neksiya-2» mashinasini qoidalarga zid ravishda qarama-qarshi boshqargan. Oqibatda, ro‘parasidan kelayotgan «Lasetti» mashinasi bilan yengil to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB mazkur hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilishicha, hozirda holat yuzasidan viloyat IIB YHXB tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa tafsilotlari qayd etilgan videolavha tarqaldi. Unda YPX xodimi Baxt-Sirdaryo yo‘nalishida harakatlanish bir tomonlama bo‘lgan yo‘lda davlat raqami 01Z 065 MB bo‘lgan «Neksiya-2» mashinasini qoidalarga zid ravishda qarama-qarshi boshqarib, ro‘paradan kelayotgan «Lasetti» mashinasi bilan yengil to‘qnashuv sodir etgani tasvirlangan.
Haydovchi «YPX xodimi ekansiz, nega qarama-qarshi yo‘nalishda kelyapsiz, sizga mumkinmi?» deb savol bergan. YPX xodimi esa «Meni qisib to‘xtatganingiz uchun javob berasiz, tushundingizmi?» deb javob qaytargan.
Mavzuga oid
15:12 / 03.08.2021
Bu safar qizil «Malibu». YPX xodimi «yuqoridan telefon» tufayli qoidabuzar ayolni qo‘yib yubordi
14:13 / 02.08.2021
Olmaliqda YPX xodimiga «Qora Malibu»ni qo‘yib yuborishni buyurgan komandirga chora ko‘rilgani ma'lum qilindi
10:52 / 02.08.2021
Olmaliqda YPX xodimi «yuqoridan kelgan» buyruq bilan qoidabuzar haydovchini qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi
20:51 / 01.07.2021