Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida daraxtga borib urildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida YPX avtomashinasi YTHga uchragani haqida xabar tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmati hodisa bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 yanvar kuni soat 00:20larda, Toshkent shahar Yashnobod tumani Pahlavon Mahmud ko‘chasida haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi O.I. "Lasetti" rusumli maxsus xizmat avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi aytiladi. Mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lib, belgilangan qoidalarga amal qilgan holda harakatlanishni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026