O‘zbekiston | 15:21 / 19.07.2024
5004
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekistonda paxta terish mashinalarini yig‘ishni boshlaydi

Farg‘ona viloyat hokimligida Xitoyning Shandong Swan Cotton Industrial Machinery Stock Co. Ltd kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Foto: Dunyo

Viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda Farg‘onada Xitoy kompaniyasi tomonidan amalga oshirishga kirishilgan paxta terish mashinalarini yig‘ish, texnikalarga servis xizmati ko‘rsatish markazi hamda mexanizatorlar uchun o‘quv markazi tashkil etish loyihasining borish jarayonlari muhokama qilindi.

Shandong Swan Cotton Industrial Machinery Stock Co. Ltd kompaniyasi vakillari loyiha belgilangan reja asosida amalga oshirilayotganini qayd etib, kelgusi yilda loyiha to‘la ishga tushirilishini ma’lum qildilar.

Farg‘ona shahridagi sobiq Mexanika zavodi hududiga joylashtirilayotgan ushbu loyiha, texnikalarga servis xizmati ko‘rsatish markazi hamda mexanizatorlar uchun o‘quv markazini ham o‘z ichiga olgani bilan ham yanada ahamiyatlidir.

Mavzuga oid