Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramazon oyi 23 martdan boshlanadi
2023 yilda Ramazon oyining birinchi kuni 23 mart, payshanba kuniga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari kengashi Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda shunday xulosaga keldi.
Bu haqda Toshkent viloyati hududida Ramazon hilolini kuzatish jarayonida ishtirok etgan idora raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov e’lon qildi.
21 mart kuni imzolangan “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident qarori bilan, 2023 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 23 mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zMIning axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ramazon oyini milliy an’ana hamda qadriyatlarga mos va munosib tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.
Mavzuga oid
17:44 / 25.03.2025
Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda joriy Ramazon oyi 29 kunda yakunlanishi kutilyapti. 30 mart Hayit bo‘lishi mumkin
10:32 / 01.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi
22:08 / 28.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi
17:09 / 28.02.2025