Özbekiston musulmonlari idorasi taqdim etgan axborotga asoslanib, 2025 yil Özbekistonda muborak Ramazon oyining boşlanişi 1 mart kuniga töğri kelişi ma’lum qilingan edi.

Şu munosabat bilan 28 fevraldan Özbekistondagi 2100 dan ortiq masjidda tarovih namozi, ularning 1740 dan ortiğida esa Qur’oni Karim töliq xatm qiliş boşlanmoqda.

Musulmonlar idorasining ma’lum qilişiça, buning uçun mazkur masjidlarga 3,5 mingga yaqin qorilar jalb etilgan. Tarovih namozi bugun 20:30 dan Toşkent şahridagi 126 ta masjidda ham boşlanadi.

Şu bilan birga, Toşkent şahar IIBB poytaxtda 28 fevraldan boşlab tarovih namozi öqiladigan vaqtda — soat 18:00 dan 24:00 ga qadar ayrim masjidlar yaqinidagi yöllar yopilişini ma’lum qilgandi.

Avvalroq idora hududlarda tarovih namozining boşlaniş vaqtlarini e’lon qilgan edi. Unga köra:

  • Farğonada – 20:20
  • Namanganda – 20:20
  • Andijonda – 20:20
  • Toşkent viloyatida – 20:30
  • Toşkent şahrida – 20:30
  • Sirdaryoda – 20:30
  • Jizzaxda – 20:30
  • Samarqandda – 20:30
  • Qaşqadaryoda – 20:40
  • Surxondaryoda – 20:40
  • Navoiyda – 20:40
  • Buxoroda – 20:40
  • Xorazmda – 21:00
  • Qoraqalpoğiston Respublikasida – 21:10 da, xufton namozidan söng tarovih namozi boşlanadi.

Şuningdek, Özbekiston musulmonlari idorasi 2025 yilgi Ramazon taqvimini ham e’lon qildi.