“O‘zgidromet” kun davomidagi chang-to‘zon va shamollar haqida ma’lumot berdi
Toshkent havosidagi RM10 mayda zarrachalarining miqdori ruxsat etilgan qiymatdan 2,4 martaga, RM2,5 zarrachalarining miqdori esa me’yordan 43 martaga ko‘p bo‘lgan.
“O‘zgidromet” bugun, 11 sentabr kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida kuzatilgan kuchli shamollar, chang-to‘zon va chang-g‘ubor haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Kavkaz hududida hafta davomida shakllangan salqin va nisbatan nam havo oqimlari Kaspiy dengizi orqali O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy hududlariga, 11 sentabrda esa respublikaning boshqa hududlariga kirib keldi.
G‘arbiy oqim fronti respublikaning aksar hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-17 m/s gacha, janubda va cho‘l hududlarda 20 m/s kuchayishiga olib keldi. Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol chang-to‘zon bilan qayd etildi, ko‘rinuvchanlik 500-2000 metrgacha yomonlashdi.
Kunning ikkinchi yarmida frontal bulutli chiziq Toshkentning g‘arbiy tumanlariga yaqinlashdi. Soat 15:05 dan 16:00 gacha Toshkentda shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi kuzatildi. Shamol yerning qurigan yuzasidan chang zarralarini ko‘tardi, bu esa havoning xiralashishiga va ko‘rinuvchanlik 1400 metrgacha yomonlashishiga sabab bo‘ldi, deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etilishicha, Toshkentda atmosfera havosidagi RM10 mayda zarrachalarining miqdori 1322 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan qiymatdan 2,4 marta ko‘p.
RM2,5 219 mkg/m3 mayda zarrachalarining miqdori Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablaridan 43 marta ko‘p bo‘ldi.
“O‘zgidromet”ga ko‘ra, Toshkentda chang-g‘ubor 11 sentabr kuni va kechasi davomida saqlanib turadi.
Mavzuga oid
17:02
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
10:51
23 noyabr kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin
21:43 / 21.11.2024