Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan 18 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga yo‘l oldi. Tashrif doirasida Tokioda qator oliy darajadagi uchrashuvlar va tadbirlar rejalashtirilgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, prezident Mirziyoyev Tokioda Yaponiya imperatori Naruxito, bosh vazir Sanae Takaichi hamda parlament va hukumat rahbariyati, siyosiy partiyalar va yetakchi universitetlar rektorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Asosiy e’tibor O‘zbekiston–Yaponiya strategik sherikligi va ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiya va texnologik hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga qaratilishi ma’lum qilingan.
Shuningdek, davlat rahbari “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti davlat rahbarlarining birinchi sammiti (CA+JAD Summit)da ishtirok etishi, shu doirada tegishli tadbirlar hamda Yaponiya biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:56
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri nomidan uyushtirilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi
18:10
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi
15:49
Shavkat Mirziyoyev JBIC boshqaruvchisini qabul qildi
14:36