Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi jinoiy javobgarlikka tortiladi
Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishida bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasini Jinoyat kodeksi 168-, 28-211-moddalari tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasiga rozilik bildirildi.
Foto: iStock
Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.
Bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilish doirasida bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi Sh.A.ni Jinoyat kodeksining 168-, 28-211-moddalarining tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.
Yakunda kengash xulosasi bilan Sh. A.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.
Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:52 / 24.11.2025
O‘zbekistonda sudyalar va sud xodimlari kuni belgilanadi
22:15 / 24.11.2025
Sudyalarni navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlash tartibi bekor qilinadi
08:20 / 24.11.2025
Hakamlik sudi sudyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:14 / 18.11.2025