Fuqarolik işlari böyiça Past Darğom tumanlararo sudi sudyasi (sudyaning şaxsi tahririyatga ma’lum) pora bilan uşlangan. Buni Kun.uz’ning sud tizimidagi manbasi tasdiqladi.

Manbaga köra, sudya alimentni bekor qilib beriş evaziga 300 dollar olayotganda uşlangan. Hozirda u protsessual tartibda uşlab turilibdi.

Keyinroq bu borada Davlat xavfsizlik xizmati ham xabar berdi. Unga köra, mazkur tuman sudining 2022 yildagi hal qiluv qaroriga asosan ayolning 2022 yilda tuğilgan farzandi voyaga yetguniga qadar javobgar fuqarodan aliment undiriş belgilangan.

Ammo javobgar tomon uşbu qarorni yangi oçilgan holatlar böyiça qayta körib çiqiş töğrisida FIB Past Darğom tuman sudiga ariza bilan murojaat qilgan.

Sudya esa öz iş yurituviga kelib tuşgan uşbu arizaga asosan, 27 fevral kuni sudning 2022 yildagi hal qiluv qarorini bekor qilib, işni mazmunan qayta körişni 11 mart kuniga tayinlagan. Şuningdek, u işni da’vogarning foydasiga ijobiy hal etib beriş evaziga undan 300 dollar talab qilgan.

Hozirda Boş prokuratura tomonidan sudyaga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» (Tamagirlik yöli bilan pora oliş) bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan vvalroq JIB Xonobod şahar sudi sobiq raisi uzoq muddatga qamalgan edi. U boşqa sud tomonidan tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazo muddatini kamaytirişni va’da qilib, sudlangan şaxsning onasidan 30 ming dollar olgan vaqtda uşlangandi.