Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlardan ehtiyotkorlikni oshirishni so‘radi
Isroilda xavfsizlik bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi. Tel-Avivdagi O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarga murojaat qilib, ehtiyotkorlikni oshirishga hamda raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi.
Foto: REUTERS
Ma’lum bo‘lishicha, Isroil Mudofaa Armiyasi 22 iyun soat 3:45 dan 23 iyun 8:00 gacha, mamlakatda xavfsizlik bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etgan. Bu qaror mamlakatdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan qabul qilindi.
Shunga muvofiq:
- ilgari «cheklangan faoliyat» deb belgilangan hududlarda endi «zarur hollarda faoliyat» tartibi joriy qilindi;
- barcha ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini to‘xtatadi;
- barcha ishlab chiqarish korxonalari yopiladi, faqat harbiy va tinch aholi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan tarmoqlar bundan mustasno;
- ish joyiga borish taqiqlanadi.
«Yurtdoshlarimizni yana bir bor xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga, mamlakatda bo‘lish vaqtida ehtiyotkorlikni oshirishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqiramiz. Iltimos, rasmiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lib boring”, deyiladi O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi bayonotida.
Mavzuga oid
21:29 / 09.01.2026
Isroil: Trampning G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashini Nikolay Mladenov boshqaradi
12:47 / 09.01.2026
Isroil G‘azoga yana zarba berdi: 13 kishi halok bo‘ldi
11:37 / 07.01.2026
Isroil va Suriya AQSh yordamida aloqa kanali yaratmoqda
13:19 / 03.01.2026