Jamiyat | 10:32 / 04.11.2017
18623
3 daqiqa o‘qiladi

Fermer va dehqonlar diqqatiga! “O‘zbekoziqovqatxolding” anor va xurmolar xaridini boshladi

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi “O‘zagroeksport” AJ joriy yildagi eksport salohiyatini oshirish maqsadida fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan anor hamda xurmo mevasini xarid qilishni boshlayotganini e'lon qiladi.

Xarid qilinadigan anor mevasi qanday talablarga javob berishi kerak?

Navi:  achchiq-dona, kazake, desertli  
Rangi: qizil, to‘q qizil, ko‘kish-sariq
O‘rtacha vazni: 100-200g 70mm, 200-300g 80-960mm, 300-400g 90-100mm      (1 dona mevani vazni)
Mevaning ko‘rinishi: dumaloq, yassi, po‘sti qalin, zich, silliq yaltiroq, bir xil kattalikda
Mevaning sifat ko‘rsatkichi: quyosh nuri qattiq ta'sir qilmagan, qora dog‘ va chiziqlari bo‘lmagan bo‘lishi shart
Qadoqlanishi: 5-10 kg qog‘oz, yog‘och va plasmassaqutilar (qutilar yevropoddon ya'ni  80*1.20 yoki 1m*1.20m hajmlariga mos kelishi shart)


    
Anor mevasi uchun to‘lanadigan narx qiymati:

1-kategoriya (300-400g 90-100mm) – 9000-10 000 ming so‘m/kg. 
2-kategoriya (200-300g 80-960mm) – 7000-8000 ming so‘m/kg; 
3-kategoriya (100-200g 70mm) – 4000-6000 mingso‘m/kg; 

Harid qilinishi mo‘ljallanayotgan xurmo mevasi qanday talablarga javob berishi kerak?

Navi: katta tamopon, Vaxsh, Zenji-maru, tojikcha
Rangi: tillarang-sariq, to‘q sariq, jigarrang
O‘rtacha vazni: 50-90g, 85-130g, 125-190g (1 dona mevani vazni)
Mevaning ko‘rinishi: dumaloq, yassi, po‘sti qalin, zich, silliq yaltiroq, bir xil kattalikda
Mevaning sifat ko‘rsatkichi: Quyosh nuri qattiq ta'sir qilmagan, qora dog‘ va chiziqlari bo‘lmagan bo‘lishi shart
Qadoqlanishi: 5-10 kg lik qog‘oz, yog‘och va plasmassaqutilar. (qutilar yevropoddan yani  80*1.20 yoki 1m*1.20m xajmlariga to‘g‘ri kelishi shart)

Xurmo mevasi uchun to‘lanadigan narx qiymati:

1-kategoriya (125-190 mm) – 2500-2600 ming so‘m/kg;
2-kategoriya (85-130 mm) –  2300-2400 ming so‘m/kg;     
3-kategoriya (50-90 mm) –  2200-2300 ming so‘m/kg; 

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi siz bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor. Takliflarni kutamiz.

Murojaat uchun telefon: +99871 255 46 45
Elektron manzil: [email protected]
 

Mavzuga oid