Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan vazirlik:

a) 2019 yil 1 iyunga qadar salohiyatli investorlarni qiziqtiruvçi dastlabki hisob-kitoblarga ega aniq loyihalar va boşqa ma'lumotlarni körsatgan holda har bir hududning işlab çiqariş salohiyati va investitsiya hajmiga bölgan ehtiyojini aks ettiruvçi Özbekiston Respublikasining interaktiv investitsiyaviy xaritasini işlab çiqadi va joriy qilinişini ta'minlaydi;

b) bir oy muddatda:

Vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy bölinmalarini zarur nazariy bilimlar va amaliy könikmalarga ega, Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oşiriş qobiliyatiga ega bölgan yuqori malakali kadrlar bilan töldirişni;

Vazirlikning tarkibiy va quyi bölinmalari töğrisidagi nizomlar (ustavlar), şuningdek, xodimlarning lavozim yöriqnomalari tasdiqlanişini;

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini taşqi bozorlarga çiqariş samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-3978-son qaroriga muvofiq taşkil etilgan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvçilar axborot portalida respublika hududlari eksport salohiyati, iste'mol bozorlari hajmi böyiça statistik hisobotlar, sanitar va fitosanitar talablar, şuningdek, xorijiy mamlakatlarning meva-sabzavot mahsulotlari bozorlariga kirişning boşqa şartlari haqidagi ma'lumotlarni öz içiga olgan erkin foydalaniş imkonini beruvçi elektron katalogning çop etilişini;

Özbekiston Respublikasi milliy mahsulotlari brendini, jumladan, ommaviy axborot vositalarida tanlov taşkil etiş orqali işlab çiqiş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilişini ta'minlaydi;

v) Vazirlik, uning bölinmalari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq natija va maqsadli indikatorlarga erişiş, taşqi savdo va investitsiyalarni rivojlantiriş böyiça yaqin, örta va uzoq muddatli istiqbollarga möljallangan strategiya dasturlari sifatli va samarali bajarilişini ta'minlaş asosida baholaşning mutlaqo yangi tizimini joriy etiş çoralarini köradi;

g) Özbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda doimiy ravişda taşqi bozorlar talablarini, jumladan, xorijiy mamlakatlardagi vakolatli organlarga doimiy ravişda sörovlar jönatiş orqali örganadi, xorijda yuqori talabga ega mahsulotlar röyxatini şakllantiradi va umumfoydalanadigan şaklda joylaştiradi;