«O‘zbekoziqovqatxolding» tugatilmoqda - prezident qarori
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta'minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga asosan, «O‘zbekoziqovqatxolding» XK tugatiladi. Jarayonni tashkil etish bo‘yicha komissiya tuzildi.
Bundan tashqari, Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va infratuzilmani rivojlantirish boshqarmasi (4ta shtat) negizida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 12ta shtat birligidan iborat Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi tashkil etildi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy qilindi. Vazirlikka qishloq xo‘jaligi vazirligiga oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklandi.
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta'minoti jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ilk marotaba tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash;
- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ilk marotaba tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini ta'minlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash;
- oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash belgilandi.
Shuningdek, 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan Sanoatbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish dasturi tuziladi.
Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar asosida 2021/22 o‘quv yilidan boshlab, respublika OTMlarining «Oziq-ovqat texnologiyasi» hamda «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» kabi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oq uy mudofaa vaziri Pit Hegset o‘rniga boshqa nomzodni qidirishni boshladi – OAV
Jahon | 12:03
-
Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 30 maygacha yopiladi
Jamiyat | 11:37
-
Rossiyaga markaziy osiyolik migrantlar oqimi kamaygani aytildi
Jahon | 11:27
-
Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:20
Mavzuga oid

07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi

20:36 / 15.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?

19:37 / 09.04.2025
Limonchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi

16:59 / 08.04.2025