O‘zbekiston | 09:00 / 25.12.2025
2203
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

HUMO to‘lov tizimi yangi zamonaviy terminallar sotuvini boshladi

Zamonaviy HUMO terminallari intensiv foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, mijozlar oqimi katta nuqtalarga ham, sayyor xizmat ko‘rsatishga ham mos keladi.

Foto: HUMO

HUMO MBPM – HUMO milliy to‘lov tizimi operatori O‘zbekiston bozorida eksklyuziv taqdim etilgan biznesni va kassa yechimlarini avtomatizatsiyalashning zamonaviy yuksak texnologik tizimlari – Sunmi P3 sotuvi boshlangani haqida e’lon qiladi.

Terminallar savdo nuqtalarini avtomatizatsiyalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bir qurilmada naqdsiz to‘lovlar qabul qilishni, cheklarni chop etishni va shtrix-kodlarni skanerlashni jamlaydi. Qudratli protsessor, katta ekran va 4G/NFC/eSIM bilan ta’minlangan qurilma do‘konlar, kafe, kurerlik xizmatlariga hamda to‘lov operatsiyalaridagi tezlik, barqarorlik va ishonchlilik muhim bo‘lgan boshqa biznes sohalariga mo‘ljallangan.

Sunmi P3 biznes va kassa yechimlariniavtomatizatsiyalashning flagman tizimlari quyidagilarni ta’minlaydi:

●    HUMO, Visa, Mastercard va UnionPay kartalarini qabul qilish;

●    avtonom rejimda ishlash;

●    12 tadan ziyod ilovalarda QR-to‘lov;

●    operatsiyalarni qayta ishlashning yuqori tezligi va barqaror ishlash;

●    qulay sensorli interfeys;

●    hisobotlar va batafsil statistikani shakllantirish;

●    turli biznes shakllari uchun universallik.

HUMO terminallari himoya qoplamali katta va ravshan ekran bilan jihozlangan, u kassirning ishini qulaylashtirib, har qanday yorug‘likda axborotning yaxshi o‘qilishini ta’minlaydi. eSIMʼning qo‘llab-quvvatlanishi tarmoqqa tezda ulanish va uzilishlarsiz ish boshlash imkonini beradi, yuksak unumdorlik esa to‘lovlarni tezda qayta ishlash va hatto yuklama katta paytda ham cheklarni tezda chiqarishni ta’minlaydi.

Terminallar NFC, 4G i Wi-Fiʼni qo‘llab-quvvatlaydi, bu turli ekspluatatsiya sharoitlarida ishonchli ulanishni kafolatlaydi. Shuningdek, kassa operatsiyalarining to‘liq jamlanmasi ko‘zda tutilgan: sotuvlar, qaytarish, bo‘nak, kredit, X- va Z-hisobotlar va boshqalar. HUMO terminallari ommalashganbiznes-yechimlar, jumladan, Poster va “MeningOmborim” bilan oson integratsiyalashadi, Open API tufayli esa O‘zbekistonda qo‘llanadigan biznesni va kassa yechimlarini avtomatizatsiyalashning boshqa tizimlari bilan integratsiyalash mumkin.

HUMO MBPM savdo nuqtalariga terminallarni ham xarid qilishni, ham ijaraga olishni taklif etadi, bu biznesga ulanishning qulayroq shaklini tanlash imkonini beradi.

Sunmi P3 to‘lovning barcha asosiy usullarini bitta qurilmada jamlaydi va biznesga mijozlar bilan hisob-kitoblar samaradorligini oshirishda, xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirishda va operatsion jarayonlarni soddalashtirishda yordam beradi. Ushbu zamonaviy terminallar kichik va o‘rta biznes egalari uchun maxsus yaratilgan: ular tezkor, ishonchli va yuqori yuklamaga chidamlidir.

Biznesingiz ishini bugunoq yaxshilang, HUMO terminallarini tanlang va mijozlaringiz bilan hisob-kitoblarni yanada sodda va samarali qiling.

Havola orqali tanishish mumkin: https://humotech.uz/

Telefonlar: (998) 78-113-24-07, (998) 71-200-08-88

Mavzuga oid