Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HUMO bayramlar sharafiga POS-terminallar narxini tushiradi va bo‘lib to‘lash aksiyasini joriy etadi
Aksiya butun mamlakat bo‘ylab naqdsiz to‘lovlar infratuzilmasini kengaytirish va savdo nuqtalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
HUMO milliy to‘lov tizimi bayramlar sharafiga tadbirkorlar uchun maxsus aksiya boshlangani haqida e’lon qiladi: endi HUMO POS-terminalini chegirmali narxda xarid qilish, shuningdek, bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanish mumkin.
Aksiya doirasida POS-terminal narxi 2 590 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha tushirildi, bu 1 090 000 so‘m tejash imkonini beradi. Terminal haqini bittada yoki qulay bo‘lishi uchun oyiga 500 000 so‘mdan uchta to‘lovga bo‘lib to‘lash mumkin. To‘lovning bunday shakli savdo nuqtalariga terminalni birdaniga katta yuklamasiz ulanish imkonini beradi.
Aksiya to‘rt hafta, 2026 yil 17 aprelgacha davom etadi. Terminallar soni cheklangan.
Terminal xarid qilishga tayyormisiz?
HUMO ulanishning bir necha variantlarini taklif etadi:
1. HUMO ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish (+998-78-888-85-85) va buyurtma qoldirish. Kontakt markazi mutaxassislari mijozga konsultatsiya beradi, zaruriy ma’lumotlarga aniqlik kiritib, buyurtmani sotuvlar bo‘yicha menejerga beradilar. Menejyer mijoz bilan bog‘lanib, aksiya shartlarini tushuntiradi, to‘lov shakli (bittada yoki bo‘lib to‘lash)ni tanlashga yordam beradi va terminalni ulashga buyurtmani rasmiylashtiradi.
2. Sayt orqali ariza qoldirish. Mijoz qisqa shaklni to‘ldiradi, keyin u bilan menejer rasmiylashtirishni davom ettirish uchun bog‘lanadi.
Terminallar narxini pasaytirish aksiyasini joriy etish HUMOning naqdsiz to‘lovlarni qabul qilish uchun to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi tizimli faoliyatining davomi bo‘ldi. Jihoz narxining pasayishi va bo‘lib to‘lash imkoniyati tadbirkorlarga naqdsiz to‘lovni tezroq joriy etish, demakki, mijozlar uchun to‘lovlar qabul qilish usullarini kengaytirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar qulayligini oshirish imkonini beradi. Bu chora-tadbirlarning bari birgalikda O‘zbekistonda to‘lovlar qabul qilish tarmog‘ini kengaytirishga va zamonaviy to‘lov muhitini rivojlantirishga qaratilgandir.
HUMO to‘g‘risida
HUMO («Milliy banklararo protsessing markazi») – bu O‘zbekistonning mamlakat ichida naqdsiz to‘lovlar o‘tkazilish va xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyani ta’minlovchi milliy to‘lov tizimidir.
Sayt | Instagram | Facebook | Telegram | Linkedin
Mavzuga oid
15:00 / 21.05.2026
HUMO Digital Uzbekistan 2026 PLAS-Forumining milliy hamkori sifatida ishtirok etib, yangi texnologiyalar va hamkorlikni namoyish etdi
15:00 / 02.05.2026
HUMO rasmiy hamkor sifatida mamlakat AI-kun tartibini kuchaytirdi: KEY TECH: AI Summit 2026 yakunlari
17:00 / 29.04.2026
HUMO Ant International tomonidan Kuala-Lumpurda tashkil etilgan MO·MENs 2026 global forumida ishtirok etdi
19:00 / 13.04.2026