Chet elga safar ko‘pincha chipta sotib olishdan emas, xavotirli o‘y-fikrlardan boshlanadi: valutani qayerda almashtiraman, karta o‘tarmikan, qancha naqd pul olish kerak? Bu masala ayniqsa Osiyo yo‘nalishlarida, jumladan, viza rejimi bekor qilingandan keyin O‘zbekistondan amaliy, sayyohlik va ta’lim safarlari oqimi ortgan Xitoyda dolzarbdir. Mana shu sharoitda HUMO chet elda qulay va xavfsiz to‘lov usullarini rivojlantirishga ustuvorlik berdi.
2025 yilda HUMO Alipay+ xalqaro to‘lov platformasiga ulandi. Bu O‘zbekiston banklariga savdo nuqtalari va raqamli to‘lovlarning keng global tarmog‘iga ulanishda HUMO infratuzilmasidan foydalanish imkonini berdi. Bu imkoniyatdan birinchilardan bo‘lib AloqaBank foydalandi – u 2026 yil mart oyida o‘z mobil ilovasiga Alipay+ orqali to‘lash funksiyasini kiritdi. Natijada HUMO kartasi qulay to‘lov vositasiga aylandi, uning sohiblari esa, Xitoyda va dunyoning 50 dan ziyod mamlakatlarida QR-kod orqali to‘lov qila oladigan bo‘ldi.
Bu qanday ishlaydi?
Bugunga kelib O‘zbekistondagi foydalanuvchilar aksariyat xizmatlar va xaridlar haqini smartfon orqali to‘lashga o‘rganib qolgan. Zoomrad’dan yangi servis ushbu odatiy to‘lov shaklini chet elga safarda ham saqlab qolish va ortiqcha tashvishlar hamda moliyaviy cheklovlarsiz to‘lov qilish imkonini beradi.
To‘lov uchun smartfon va odatiy Zoomrad ilovasining o‘zi kifoya. Chet eldagi – birinchi navbatda QR-to‘lovlar standartga aylangan Xitoydagi savdo nuqtalarida – xaridorning bank mobil ilovasini ochishi va sotuvchining QR-kodini skanerlashi yetarli bo‘ladi.
Zoomrad ilovasida kerakli funksiyani topish oson:
1. Zoomrad ilovasini oching
2. Bosh sahifada “Alipay+ orqali to‘lov” funksional banneriga bosing
3. Savdo nuqtalarida QR-kodni skanerlab yoki o‘z QR-kodingizni ko‘rsatish orqali to‘lov qiling.
Hammasi juda oson va tez amalga oshadi.
Mablag‘ ilovaga biriktirilgan HUMO kartasidan yechiladi va mahalliy valutaga belgilangan shartlar asosida avtomatik konvertatsiyalanadi. Foydalanuvchi amaliyotni real vaqt rejimida kuzatib turadi va safar davomida o‘z xarajatlarini nazorat qila oladi.
Xavfsizlik va xalqaro infratuzilma













