O‘zbekistonda yangi harbiy institut tashkil etildi
O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi qaroriga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistondagi birinchi harbiy institut Mudofaa vazirligining davlat oliy harbiy ta'lim muassasasi bo‘lib, u oltita yo‘nalish bo‘yicha taktik bo‘g‘indagi ofitser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi:
• aloqa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
• maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
• axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
• radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
• havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
• havo hujumidan mudofaa zenit-raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi.
Shuningdek, yangi tashkil etilgan harbiy institut Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnoma bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Mavzuga oid
00:59 / 21.11.2024
Ozarboyjon 2025 yilgi mudofaa xarajatlarini oshiradi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
09:24 / 02.11.2024
Qozog‘istonda o‘zini o‘zi mudofaa qilish va ko‘ngillilar tuzilmalari paydo bo‘ladi
15:30 / 29.10.2024