Prezidentning “Farmatsevtika tarmoğida işlab çiqarişni rağbatlantiriş va ilmiy tadqiqot jarayonlarini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoniga muvofiq, mazkur institut bir neçta ilmiy muassasalar negizida şakllantiriladi.

Xususan, Özbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toşkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Şarq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutlari negizida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etiladi.

Farmonga köra, 2026 yil 1 iyundan boşlab farmatsevtika va boşqa işlab çiqaruvçi korxonalarga ayrim yengilliklar ham joriy etiladi. Jumladan, soliqlar va yiğimlar böyiça bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravarigaça qarzdorligi bölgan korxonalarga davlat xaridlarida iştirok etişga ruxsat beriladi. Agar qarzdorlik uşbu miqdordan yuqori bölsa, u şakllangan kundan boşlab 10 kun içida davlat xaridlarida qatnaşiş imkoniyati saqlanib qoladi.

Şuningdek, 2028 yil 1 yanvardan biologik faol qöşimçalar sohasida qator yangi talablar joriy etiladi. Xususan, ularga ruxsatnoma berişda Xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari tizimini joriy etganlik talabi qöyiladi hamda mazkur mahsulotlar majburiy raqamli markirovkalaşdan ötkaziladi.

Qayd etilişiça, uşbu çora-tadbirlar farmatsevtika tarmoğida ilmiy salohiyatni kuçaytiriş, mahalliy işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş va biofarmatsevtika sohasida innovatsion işlanmalarni keng joriy etişga xizmat qiladi.