O‘zbekiston | 10:54 / 24.01.2017
19387
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi eski hayvonot bog‘i o‘rnida yangi madaniyat va istirohat bog‘i ochiladi

Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan eski hayvonot bog‘i o‘rnida yangi madaniyat va istirohat bog‘i ochiladi. Bu haqda Uz24 shahar hokimiyatiga asosan xabar tarqatdi.

“Ayni vaqtda ekopark hududida qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu yerda bolalar uchun  attraksionlar o‘rnatiladi va ovqatlanish shoxobchalari ochiladi. Yangi madaniyat va istirohat bog‘i Navro‘z bayrami arafasida ochilishi rejalashtirilgan”, - ta'kidlagan nashr.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid