Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Lukashenkoga sovg‘a berdi
Foto: belta.by
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyin belaruslar yetakchisiga shoir Yakub Kolasning o‘zbek tiliga o‘girilgan she'rlar to‘plamini sovg‘a qildi.
Ushbu belaruslik shoirning «Qadrdon qo‘shiqlar» («Rodnyye pesni») nomli kitobi yaqindagina O‘zbekistonda nashrdan chiqqandi.
«U xalqlarimizning do‘stligini, O‘zbekiston zaminini, tabiatini, o‘zbek xalqi fazilatlarini kuylagan», degan Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Yakub Kolasni O‘zbekistonda juda ardoqlashganini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Toshkentdagi Yakkachinor ko‘chasi nomi Yakub Kolas nomiga o‘zgartirilgandi va uning byusti o‘rnatilgandi.
Yakub Kolas (1882-1956) yangi belarus adabiyotining asoschilaridan biri, jamoat arbobi. 1926 yilda Belarus SSR xalq shoiri, 1928 yilda Belarus SSR fanlar akademiyasining akademigi, 1944 yilda Belarus SSR faxriy olimi unvonlari bilan taqdirlangan.
Mavzuga oid
17:30 / 25.12.2025
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan
23:50 / 17.12.2025
Lukashenko unga qarshi namoyish yetakchilarini ozod qildi. Nega?
21:24 / 27.11.2025
Lukashenko sobiq prezident Bakiyevni Qirg‘izistonga bermasligini aytdi
15:36 / 27.11.2025