Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlikka doir hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish tartibi joriy etiladi
Ta'lim sifatini nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2019 yil 1 martdan boshlab xorijiy davlatlarda berilgan ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) tartibini joriy etishga doir takliflari ma'qullandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 16 yanvar kuni imzolangan "Ta'lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida shu haqida so‘z yuritiladi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, xorijiy davlatlarda berilgan ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish tartibini joriy etishga doir takliflar quyidagilarni nazarda tutadi:
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida alohida filiallari va qo‘shma ta'lim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy ta'lim muassasalarida ta'lim olgan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning (keyingi o‘rinlarda – fuqarolar);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan ro‘yxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar - Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities reytingida oliy ta'lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy OTMda ta'lim olgan fuqarolarning;
tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralarining yo‘llanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan ta'lim olgan fuqarolarning;
1992 yil 1 yanvargacha xorijiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirgan fuqarolarning;
Oliy ta'limda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Higher Education) to‘laqonli a'zolari – vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan ta'lim muassasalarida ta'lim olgan fuqarolarning, ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yo‘nalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;
Amerika Qo‘shma Shtatlari, Avstraliya ittifoqi, Isroil davlati, Kanada, Singapur Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya davlatlarining vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan ta'lim muassasalarida ta'lim olgan fuqarolarning, ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yo‘nalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;
xorijiy oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta'lim olgan fuqarolarning;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olish va nostrifikatsiya qilish;
b) ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish to‘g‘risidagi arizalarni faqatgina O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Mavzuga oid
19:17 / 21.11.2025
Markaziy Osiyo davlatlari diplomlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzolagani rad qilindi
16:36 / 24.01.2025
Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan dunyo oliygohlari ro‘yxati e’lon qilindi
11:38 / 09.10.2023
Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi
07:22 / 16.09.2021