O‘zbekiston | 19:17 / 21.11.2025
2210
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo davlatlari diplomlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzolagani rad qilindi

Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzolagani haqidagi xabarlar rad qilindi.

Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzolagani haqidagi xabarlar asossiz, deb xabar berdi Bilim va malakalarni baholash agentligi.

«O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda berilgan diplomlarni tan olish «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining «Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida»gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Bugungi kunda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Qozog‘iston diplomlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha xalqaro shartnoma mavjud emas. Mazkur davlatlarda xorijiy davlatlar tomonidan berilgan ta’lim olganlik haqidagi diplomlarni tan olish ularning milliy qonunchiligida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi», deyiladi xabarda.

Avvalroq, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari tomonidan berilgan diplomlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida kelishib olgani haqida Qozog‘istonning Zakon nashri xabar berdi. Qayd qilinishicha, Qozog‘iston Vazirlar Mahkamasi 2025 yil 12 noyabrda tegishli hukumatlararo bitimni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzolagan.

Shuningdek, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzolagani haqida Turkmenportal nashri ham xabar bergan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid