Ko‘chmas mulk va avtomobilni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdori kamaytirildi
Prezident tomonidan 6 dekabr kuni imzolangan qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Endilikda davlat boji yangi miqdorlarda undiriladi. Xususan, ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun:
- agar ko‘chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan bo‘lsa, BHM 1 baravari (ilgari ko‘chmas mol-mulk umumiy maydoniga qarab BHM 1 baravaridan 3 baravarigacha);
- agar ko‘chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan bo‘lsa, BHM 50 foizi (ilgari ko‘chmas mol-mulk umumiy maydoniga qarab BHM 50 foizidan 1,5 baravarigacha).
Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o‘zgartishlar kiritganlik uchun:
- mulkdor xotiniga (eriga), uning va xotini (eri) ota-onasi, bolalari va ular eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga – BHM 10 foizi (ilgari BHM 25 foizi);
- jismoniy shaxslar uchun – BHM 25 foizi (ilgari BHM 50 foizi);
- yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa – BHM 50 foizi (ilgari BHM 1 baravari).
mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun – BHM 25 foizi (ilgari BHM 50 foizi).
Garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
- jismoniy shaxslar uchun – BHM 1 baravari (ilgari shartnoma summasiga qarab BHM 1 baravaridan 2 baravarigacha);
- yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa – BHM 2 baravari (ilgari shartnoma summasiga qarab BHM 2 baravaridan 4 baravarigacha).
qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun – BHM 25 foizi (ilgari shartnoma summasiga qarab BHM 25 foizidan 1 baravarigacha).
Avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:
- avtomototransport vositalari uchun – BHM 3 baravari (ilgari transport vositasi dvigateli quvvati, ya’ni ot kuchiga va ishlab chiqarilgan sanasiga qarab BHM 2 baravaridan 10 baravarigacha);
- bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun – BHM 25 foizi (ilgari ishlab chiqarilgan sanasiga qarab BHM 10 foizidan 50 foizigacha).
Avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalarni, avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
- mulkdor xotiniga (eriga), uning va xotini (eri) ota-onasi, bolalari va ular eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa- singillariga, jiyanlariga – BHM 50 foizi;
- boshqa shaxslarga – BHM 2 baravari (ilgari BHM 3 baravari).
Qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summalarini undirish to‘g‘risidagi ijro varaqalarini berganlik uchun davlat boji belgilangan stavka 50 foizi miqdorida undiriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
21:48
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
12:06 / 16.11.2024
“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
09:52 / 15.11.2024