Jahon | 17:00 / 04.04.2018
13899
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQSh bilan savdo urushiga tayyorligini bildirdi

Foto: Reuters

XXR tijorat vaziri o‘rinbosari Van Shouvenning ma'lum qilishicha, Xitoy AQSh bilan savdo urushiga tayyor. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Shouvenning ta'kidlashicha, «muloqot uchun eshiklar ochiq holda turibdi».

«Xitoy AQSh majbur qilsa, kurashishni boshlaydi, biroq agarda AQSh muzokaralar o‘tkazishni xohlab qolsa, unda ularni bunda hech kim to‘xtatmaydi», - deya aytib o‘tdi Shouven.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQShga javob choralari bilan tahdid qilgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid