Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nestle xavfli toksin tufayli Qozog‘istonda savdoga chiqqan bolalar ozuqasini qaytarib oladi
Kompaniya xabariga ko‘ra, qaror ehtiyot chorasi sifatida qabul qilingan va Nestle mahsulotlarini «global qaytarib olish jarayonining bir qismi» hisoblanadi.
Foto: Pexels
Nestle Qozog‘iston hududida bolalar oziq-ovqatining cheklangan partiyasini qaytarib olishini e’lon qildi. Gap tez eriydigan quruq sut va nordon sutli aralashmalar, shuningdek, shifobaxsh parhez taomlarning aminokislotalari asosidagi quruq aralashmasi haqida ketmoqda, deb yozdi Tengrinews.
Kompaniya xabariga ko‘ra, qaror ehtiyot chorasi sifatida qabul qilingan va Nestle mahsulotlarini «global qaytarib olish jarayonining bir qismi» hisoblanadi. Bunga tashqi ta’minotchi tomonidan yetkazib beriladigan araxidon kislotasi tarkibidagi tsereulid toksinining ehtimoliy xavfi sabab bo‘lgan. Uning organizmga tushishi o‘tkir zaharlanishni keltirib chiqaradi, asosiy belgilari ko‘ngil aynishi, qusish va qorin og‘rig‘idir.
Qaytarib olish jarayoni tez eriydigan quruq sutli va nordon sutli aralashmalar, shuningdek, shifobaxsh parhez taomlarning aminokislotalari asosidagi quruq aralashmalarga tegishli:
- NAN 1 OPTIPRO – partiya raqamlari: 51500346AA, 51740346AC, 51510346AA, 52180346AA, 51740346BA, 52200346BA;
- NAN 2 OPTIPRO – partiya raqamlari: 51420017C5, 51670017C2, 52940017C2, 51680017A1, 5200167811, 5200167821, 5220767821, 5240167821, 5241167821, 5256167811;
- NAN nordon sutli – partiya raqamlari: 51220017A2, 51230017A1;
- NAN laktozasiz - partiya raqami: 51400346AA;
- ALFARE Amino - partiya raqami 51050017Y2.
Nestle kompaniyasining aniqlik kiritishicha, qaytarib olish jarayoni faqat cheklangan miqdordagi partiyalarga taalluqli bo‘lib, kompaniyaning Qozog‘iston bozorida taqdim etilgan boshqa bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga taalluqli emas.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
18:26 / 01.05.2026