AQŞ prezidenti Donald Trampning öğillari – kiçik Donald Tramp va Erik Tramp Qozoğistonning dunyodagi eng yirik volfram konini özlaştirayotgan kompaniyada uluşga ega böldi, deb xabar berdi Financial Times.

Kelişuv, jumladan, loyiha AQŞ hukumatidan 1,6 milliard dollargaça yordam olgani va prezident öğillarining sarmoyasi bu fakt ommaga ma’lum bölişidan oldin amalga oşirilgani uçun e’tiborni tortdi.

Aka-ukalar 2025 yil avgust oyida Dominari Securities bilan boğliq maxsus investitsiya vositasi orqali Skyline Builders quriliş kompaniyasidagi uluşlarni sotib olişdi. Oktabr oyi oxirida ular deyarli 24 million dollarlik aksiyalarni xususiy joylaştirişda iştirok etib, öz pozitsiyalarini oşirdilar - 22 sentabr kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Donald Trampga yirik volfram loyihasini Amerikaning Cove Kaz Capital guruhiga ötkaziş niyati haqida xabar berganidan söng.

31 oktabr kuni Skyline Nyu-Yorkdagi Cove Capital guruhining «şu’ba korxonasi» bölgan Kaz Resources kompaniyasining 20 foiz uluşini 20 million dollarga sotib oldi. 6 noyabr kuni Cove Capital va Qozoğistonning «Tayu-Ken Samruk» milliy toğ-kon kompaniyasi dunyodagi eng yirik özlaştirilmagan volfram resursi maqomiga da’vogar bölgan Şimoliy Katpar va Yuqori Qayroqtini birgalikda özlaştirişini rasman e’lon qildi. Kelişuv doirasida Cove Kaz loyihaning 70 foizini, Qozoğiston tomoni esa 30 foizini oladi.

2026 yil 30 aprelda Cove Kaz Capital, Kaz Resources va Skyline birlaşişni yakunladi va yangi birlaşgan kompaniya Kaz Resources brendi ostida Nasdaq birjasiga çiqişni rejalaştirmoqda. Birorta ham rasmiy press-relizda kiçik Donald yoki Erik Trampning ismi tilga olinmagan.

Amerika Eksimbanki loyihani moliyalaştiriş uçun 900 million dollargaça, Xalqaro taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) esa yana 700 million dollargaça mablağ ajratişga tayyorligini bildirdi. Cove Capital rahbari Pini Altxaus naşrga prezident Tramp, davlat kotibi Marko Rubio va savdo vaziri Hovard Lyutnikdan «bevosita yordam» olganini aytdi. Uning sözlariga köra, u şaxsan Trampning öğillari bilan gaplaşmagan va ularning Skyline’dagi uluşining aniq miqdorini bilmaydi.

Kiçik Donald Trampning vakili uni «passiv investor» deb atadi va u «heç qanday kompaniyalar nomidan federal organlar bilan hamkorlik qilmasligini» ta’kidladi. FT naşrining yozişiça, aka-ukalar aksiyalarni dastlabki sotib oliş paytida bölajak şartnoma haqida bilgan yoki uning tuzilişiga ta’sir körsatgan deb hisoblaşga asos yöq. Şunga qaramay, demokratlar aniq manfaatlar töqnaşuviga işora qilmoqda - bu kiçik Trampning 1789 Capital vençur fondi unga sarmoya kiritganidan söng davlat şartnomasini qölga kiritgan Vulcan Elemens noyob yer elementlari bilan boğliq voqeaga öxşaydi.