Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
O‘zbekistondagi «Navoiy» o‘tkazish punktida ro‘yxatga olish tizimida uzilishlar yuzaga kelgani sababli fuqarolarning bir qismi qo‘shni davlat hududiga kirishni kutishga majbur bo‘lgan.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati O‘zbekiston bilan chegaradagi «Qoplonbek» o‘tkazish punktida odamlar to‘planib qolgani haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi Kazinform.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekistondagi «Navoiy» o‘tkazish punktida ro‘yxatga olish tizimida uzilishlar yuzaga kelgani sababli fuqarolarning bir qismi qo‘shni davlat hududiga kirishni kutishga majbur bo‘lgan.
Shu bilan birga, idora Qozog‘iston tomonidagi o‘tkazish punkti odatdagidek ishlayotganini, chegarani kesib o‘tishga hech qanday cheklov kiritilmaganini ta’kidladi.
“Qozog‘iston tomonida o‘tkazish punkti odatdagidek ishlamoqda, hech qanday cheklov kiritilmagan. Chegara vakillari doirasida hamkorlik tashkil etilgan. O‘zbekiston tomoni ma’lumotiga ko‘ra, nosozliklarni bartaraf etish va o‘tkazish punkti ish qobiliyatini tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda”, deyiladi Qozog‘iston MXQ xabarida.
Qozog‘istonliklardan safarlarni rejalashtirishda ushbu ma’lumotni inobatga olish so‘ralgan.
Mavzuga oid
10:31 / 16.07.2026
Qozog‘iston migratsiya nazoratini kuchaytirmoqda
10:17 / 16.07.2026
O‘zbekistonga yana juda issiq havo oqimlari kirib keladi
14:46 / 15.07.2026
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston tajribasini namuna sifatida ko‘rsatdi
10:12 / 11.07.2026