Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiq daryosidagi orolchada qolib ketgan fuqaro qutqarildi
Toshkent viloyati Qibray tumanida daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan erkak FVB xodimlari tomonidan qutqarildi.
Foto: FVB
Chirchiq daryosining Qibray tumanidan o‘tgan hududidagi orolchada qolib ketgan erkak FVB yong‘in-qutqaruv otryadi xodimlari tomonidan qutqarildi.

5 dekabr kuni soat 16:07 da daryoning Qipchoq mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismi o‘rtasidagi orolchada fuqaro qolib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Chirchiq yong‘in-qutqaruv otryadidan qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv qayig‘i hamda maxsus anjomlar yordamida fuqaro daryodagi orolchadan olib chiqilgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Fuqaro otga minib olgan holda daryoning bir qirg‘og‘idan ikkinchi qirg‘og‘iga o‘tayotgan vaqtida otning oyog‘i toyib, yiqilib tushgan va daryoda oqib ketgan. Shundan so‘ng u daryo o‘rtasidagi orolchaga chiqib olgan. Ot esa o‘z harakatlari bilan qirg‘oqqa chiqqan.

Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi shifokorlar tomonidan malakali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, yashash uyiga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
10:12 / 05.11.2025
Chirchiqda “Aqlli shahar” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi
15:35 / 27.08.2025
“60 yoshda ham avtobus kutishni istamasangiz ...” - Chirchiqdagi reklama e’tirozga sabab bo‘ldi
12:03 / 01.08.2025
Chirchiqda yonilg‘i quyish shoxobchasi salkam 2 mlrd so‘m jarimaga tortildi
19:51 / 02.04.2025