Çirçiq şahar hokimi M.Abdurahimov va hokim örinbosari A.Ermatov Urganç şahridagi “Aqlli şahar” tizimi faoliyati bilan tanişib, qator yönalişlarda tajriba almaşdi.

Boşqaruvni optimallaştirişda raqamli platformalar orqali şahar xizmatlari va qaror qabul qiliş jarayonlarini soddalaştiriş körib çiqildi.
Kommunal xizmatlar sohasida: nosozlik va muammolarni 24/7 rejimida aniqlaş, tezkor bartaraf etiş.

SI (AI) asosida profilaktika böyiça infratuzilmada yuzaga kelişi mumkin bölgan uzilişlarni oldindan başorat qiliş va oldini oliş muhokama qilindi.
Aholi bilan muloqot yönalişida real vaqt rejimida murojaatlarni qabul qiliş va monitoring qiliş örganildi.

Tizim 24/7 rejimida işlab, aholi murojaatlarini onlayn qabul qiladi, kommunal sohadagi muammolarni tezkor hal etişga yordam beradi. Sun’iy intellekt vositalari infratuzilmada ehtimoliy nosozliklarni oldindan aniqlab, xavflarni kamaytiradi.
Taşabbus Çirçiqda zamonaviy, qulay va samarali raqamli boşqaruv modelini şakllantiriş, raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etiş hamda aholiga körsatiladigan xizmatlar sifatini oşirişga qaratilgan.














