Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Konteyner arena» – mundialdan keyin buzib tashlanadigan g‘aroyib stadion
Qatar jahon chempionatini o‘zida o‘tkazish uchun juda ko‘p pul sarfladi. Shunchalik ko‘pki hatto musobaqadan keyin buzib tashlanadigan vaqtincha stadion ham qurdi.
Ha, Messi, Ronaldu, Mane, Levandovskiy kabi top futbolchilar JCh vaqtida musobaqadan keyin buzib tashlanadigan stadionda maydonga tushadi. Dengiz bo‘yida joylashgan stadion 974 deb nomlanadi. Bu nomning ikki xil ma’nosi bor: uni qurish uchun 974 dona dengiz konteyneri ishlatilgan (Qatar dengiz sanoatini eslatishi uchun), shuningdek, +974 Qatarning xalqaro telefon kodi hisoblanadi.


2021 yil 30 noyabrda qurilgan stadion bir yildan keyin buzib tashlangan FIFA tarixidagi birinchi stadion hisoblanadi.
Uning atrofida suratga tushish uchun turli xil joylar qilib qo‘yilgan. Xususan, muxlislar jahon chempionati kubogining maketi oldida suratga tushishmoqda. Darvoqe, Qatarda hali muxlislar juda kam ekanini aytish kerak. Stadionlar atrofida, metro yoki avtobuslarda ajiotajni uchratish qiyin. Balki yashash juda qimmat bo‘lgan Qatarga muxlislar o‘yin kuni tashrif buyurishni afzal ko‘rayotgandir.


Stadionning ichkarisidan suratga olishimizga ruxsat berishmadi. O‘yingohlar faqat o‘yin kunlari ochilarkan. Umuman olganda stadionlar atrofida cheklovlar juda ko‘p. Politsiya xushmuomalalik bilan juda ko‘p narsalar mumkin emasligini tushuntirib qo‘yadi.


Qatarda hozircha arablardan ko‘ra hindlar va pokistonliklarni ko‘proq uchratdik. Aeroportdagi ishchidan tortib stadion atrofidagi qo‘riqchilar, metro xodimlarigacha hindlar. Ularning deyarli barchasi inglizchani bilishi esa tahsinga sazovor. Masalan, ingliz tili mashhur ekani aytiladigan Yaponiya, Singapur yoki Tailandda bu borada muammoga duch kelasiz. Qatarda esa sizga kerak bo‘ladigan deyarli hamma inglizchani biladi.
O‘tkir Jalolxonov, Qatar.
Mavzuga oid
20:14 / 11.11.2025
Prezident Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli stadion qurilishiga tamal toshi qo‘ydi
10:06 / 12.09.2025
“Taqiqni e’tiborga olishmayapti” – Norin tumanida stadion o‘rnida quyosh elektr stansiyasi qurishmoqchi
21:28 / 25.08.2025
Stadionlarni xususiylashtirish taqiqlandi
17:06 / 25.08.2025