Kun.uz’ga murojaat yöllagan aholi quruvçilar e’tirozlarni inobatga olişmayotgani haqida ma’lum qilişdi:
“Tegirmonboşi mahallasidagi stadiondan 40 yildan beri foydalanib kelamiz. Qişloqda bundan boşqa stadion yöq. Şuni ham köp körişdi çoği, qaysidur tadbirkor kelib stadion örnida quyoş pannellari örnatmoqçi bölyapti. Loyihalari ham tayyor ekan.

Aholi qarşilik qilsa ham hokim qarori bor degan vaj bilan qurilişni davom ettirişmoqçi. Prezidentimizning futbol stadioni va maydonlarining foydalaniş maqsadlari özgartirilişi va sotuvga çiqarilişini taqiqlovçi yangi qarorlari haqida aytsak ham pisand qilişmayapti”, deydi murojaatçilardan biri.
Kun.uz muxbiri holat yuzasidan ma’lumot oliş uçun Norin tumani hokimi Jörabek Nurmatov bilan telefon orqali boğlandi.

Tuman hokimiga köra, haqiqatan ham Tegirmonboşi mahallasida futbol maydonçasi örnida quyoş elektr stansiyasi qurilişi rejalaştirgan.
“Tegirmonboşi mahallamizda yaşil energiya loyihasi böyiça 200 kilovattlik quyoş paneli örnatiş harakatida edik. Bundan maqsad aholini iş örni bilan ta’minlaş edi. Kam ta’minlanganlarni işga qabul qilib loyihadan tuşgan pul mablağini mahallaning hisob raqamiga tuşiriş közda tutilgandi. Boş maqsad esa mahallaning infratuzilmasini yaxşilaşga qaratilgan edi.
Lekin aholi norozi bölayotgani uçun quyoş elektr stansiyasini mahalla stadioni maydonida emas, balki boşqa hududda quradigan böldik. Stadion öz faoliyatini davom ettiradi”, deydi tuman hokimi.
Ma’lumot örnida, prezident qaroriga asosan, 2025 yil 1 oktyabrdan e’tiboran “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi boşlanadi.
Dastur doirasida:
- mahallalardagi böş turgan davlat mulki obektlari (yer uçastkalari) ularning bir qismida futbol maydoni barpo etiş va kamida 10 yil mobaynida uning foydalaniş maqsadini özgartirmaslik şarti bilan onlayn auksionga çiqariladi;








