Özbekistonda futbol öyinlariga çiptalarni xarid qilişda şaxslarni identifikatsiyalaş va çiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida röyxatga oliş tizimini joriy etiladi.
Bu vazifa 21 avgust kuni imzolangan “Özbekistonda futbol sohasini raqamlaştiriş va ommaviyligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” prezident qarorida belgilandi.
Farmonga köra, 2026 yil 1 martdan boşlab, futbol öyinlariga çiptalarni xarid qiliş – şaxsni identifikatsiyalaş hamda matritsali ştrix-kod (QR-kod) texnologiyalarini qöllaşni nazarda tutuvçi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oşiriladi.

2025 yil dekabr oyi oxirigaça axborot tizimining texnik hujjatlari belgilangan tartibda işlab çiqilişi va tasdiqlanişi kerak.
Axborot tizimini işlab çiqiş va zarur resurslar bilan integratsiya qiliş 2026 yil fevralga reja qilingan.
Topşiriq ijroçilari – Özbekiston futbol assotsiatsiyasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi.
Çiptasi bor yuzlab muxlislar öyinga kira olmadi. Muammoni qanday yeçiş mumkin?








