Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent-Markaziy» temiryo‘l vokzalidan aksariyat poyezdlar harakati 1 oy to‘xtatiladi
Poyezdlar qatnovi «Toshkent-Janubiy» temiryo‘l vokzalidan amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar uchun «Toshkent-Janubiy» temiryo‘l vokzaliga olib boradigan bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Foto: Transport vazirligi
“Toshkent-Markaziy” (Shimoliy) vokzali orqali harakatlanuvchi deyarli barcha poyezdlar 15 iyuldan 15 avgustgacha “Toshkent-Janubiy” vokzaldan jo‘naydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “To‘qimachi” hamda “Toshkent yo‘lovchi” bekatlari oralig‘idagi temiryo‘lda ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu bois “Olma-ota–Toshkent–Olma-ota”, “Toshkent–Novosibirsk–Toshkent”, “Toshkent–Samara–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari hamda “Toshkent–Hojikent–Toshkent” shaharlararo poyezdlaridan tashqari bugungi kunda “Toshkent-Markaziy” temiryo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshirib kelayotgan barcha yo‘lovchi poyezdlar “Toshkent-Janubiy” vokzaldan o‘z harakatini boshlaydi.
Jumladan, bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari, “Sharq”, “Nasaf” hamda “Toshkent–Andijon–Toshkent”, “Toshkent–Volgograd–Toshkent”, “Dushanbe–Toshkent–Dushanbe” yo‘lovchi poyezdlari “Toshkent-Janubiy” vokzal hududidan reyslarini amalga oshiradi.
“Toshkent-Markaziy” hamda “Toshkent-Janubiy” vokzallaridagi barcha chiptaxonalar tun-u kun faoliyat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, chiptalarni elektron tarzda ham olish mumkin.
Shuningdek, bir oy mobaynida “Toshkent-Markaziy” vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd jo‘nashidan oldin chipta xarid qilgan yoki yanglishib Markaziy vokzalga kelib qolgan yo‘lovchilarni “Toshkent-Janubiy” vokzalga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar ham qo‘yiladi.
Mavzuga oid
15:48 / 12.01.2026
Aeroport, vokzal va avtostansiya nomlari davlat tili qoidalariga moslashtiriladi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
12:57 / 23.12.2025
Deutsche Bahn'da kechikish rekordi: punktuallik 59 foizga tushdi
11:03 / 17.12.2025