Ma’lum qilinişiça, poyezd yölovçilarni qabul qilib, eşiklarini yopayotgan paytda yölovçilardan biri vagonga kiriş maqsadida eşikni oçişga uringan. Natijada eşikni himoya qiluvçi qurilma mexanizmi işdan çiqqan.
Maşinist vaziyatni zudlik bilan bartaraf etganiga qaramasdan, yuzaga kelgan nosozlik keyingi bekatga yetmasdan yana takrorlangan. Şundan söng, yöriqnoma talablariga muvofiq, yölovçilar bekatga tuşirilib, harakat tarkibi elektrodepoga yönaltirilgan.
Metropoliten yölovçilaridan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etiş, eşiklar yopilayotgan vaqtda vagonga kirişga urinmaslik va metro mulkiga ziyon yetkazmaslik söraldi. Qayd etilişiça, e’tiborsizlik yölovçilarning özlari hamda boşqa fuqarolar hayoti uçun xavf tuğdirişi mumkin.












