Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan AQShga boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 17–19 fevral kunlari Vashington shahrida bo‘lib, «Tinchlik kengashi»ning dastlabki yig‘ilishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 17–19 fevral kunlari amaliy tashrif bilan Vashington shahrida bo‘ladi.
Tashrif doirasida davlat rahbari «Tinchlik kengashi»ning birinchi sammitida ishtirok etadi. Yig‘ilish AQSh Tinchlik institutida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Sammit kun tartibida G‘azo sektorini tiklash, mintaqada gumanitar yordam ko‘rsatish hamda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida Amerikaning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari ishtirokida strategik loyihalar taqdimoti, shuningdek iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
«Tinchlik kengashi» AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan. O‘zbekiston joriy yil yanvar oyida Shveytsariyaning Davos shahrida mazkur tuzilmaga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilgan.