Jahon | 23:03 / 23.12.2017
5888
1 daqiqa o‘qiladi

Puchdemon Ispaniya hukumatidan Kataloniyaga qaytishiga ruxsat berishni so‘radi

Kataloniya mustaqilligini e'lon qilgani uchun Ispaniya hukumati tomondan o‘z lavozimidan chetlatilgan Karles Puchdemon Kataloniya parlamentiga saylovlarda muxtoriyatning mustaqilligi tarafdorlari g‘olib bo‘lgandan keyin Ispaniya hukumatidan Kataloniyaga qaytishga ruxsat berishni so‘ragan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

“Men Kataloniyaga tezroq qaytishni istayman. Men hoziroq qaytgan bo‘lardim. Bu Ispaniya uchun yaxshi yangilik bo‘lardi”, deb aytgan Puchdemon.

Kataloniyaning sobiq rahbari muxtoriyatga bir oy ichida – 23 yanvargacha qaytmoqchiligini ma'lum qilgan. 23 yanvarda Kataloniya yangi parlamentining birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid