Yakşanba kuni, 30 noyabrda, Madridda ön minglab odamlar Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes iste’fosini talab qilib va muddatdan oldin parlament saylovlariga çaqiriq bilan köçalarga çiqdi. Norozilikka korrupsiya böyiça ayblovlar sabab böldi.

Poytaxt markazida ötgan namoyişlarga «Mafiya yoki demokratiya?» şiori ostida muxolifat yetakçisi Alberto Nunes Feyxoo boşçiligidagi konservativ Xalq partiyasi çaqirdi. Bundan uç kun oldin sobiq transport vaziri Xose Luis Abalos va uning sobiq maslahatçisi Koldo Garsiyaga COVID-19 pandemiyasi boşida himoya niqoblari xaridi bilan boğliq işda korrupsiya ayblovi qöyildi. Har ikki siyosatçi hozir qamoqda. Prokuratura Abalos uçun 20 yildan ortiq ozodlikdan mahrum qiliş jazosini söragan.

2020 yil bahorida Ispaniya davlat idoralari soğliqni saqlaş sohasida tajribasi bölmagan kompaniyadan oçiq tendersiz bir neça million dona niqob sotib olgan. Der Spiegel jurnali eslatişiça, bu kompaniya asosçisi sudda Abalos, Garsiya va boşqa amaldorlarga «bir neça yuz ming yevro» pora berganini bildirgan. Nunes Feyxoo fikriga köra, bu korrupsiya mojarosi uçun siyosiy javobgarlik amaldagi boş vazir Pedro Sançes zimmasida, deb yozadi El Pais.

Ispaniya Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, namoyişlarda taxminan 40 ming kişi iştirok etgan. Xalq partiyasi esa iştirokçilar sonini ikki baravar köproq, ya’ni 80 ming deb baholagan.

Norozilikka çiqqanlarning köpçiligi milliy bayroqlar va «Darhol iste’fo!», «Sançes, ket!» kabi şiorlar yozilgan plakatlarni kötarib oldi. Ispaniyada navbatdagi parlament saylovlari 2027 yil ikkinçi yarmida bölib ötişi kerak, biroq muxolifat faol ravişda muddatdan oldin ovoz berişni talab qilmoqda.

Dpa agentligi eslatişiça, Pedro Sançesga qarşi bunday kölamdagi sönggi norozilik namoyişi Madridda iyun oyida bölib ötgan edi.